Talabaning dual ta’lim shaklida tahsil olgan davri uning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20261002/dual-talim-60911092.html
“Ham o‘qish, ham staj”: OTMlarda dual ta’limni tashkil etishning yangi tartibi belgilandi
“Ham o‘qish, ham staj”: OTMlarda dual ta’limni tashkil etishning yangi tartibi belgilandi
Sputnik O‘zbekiston
Talabaning dual ta’lim shaklida tahsil olgan davri uning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi. 02.10.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-10-02T14:00+0500
2026-10-02T14:00+0500
2026-10-02T14:00+0500
o‘zbekiston
jamiyat
ta’lim
otm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/0f/20499864_195:487:2971:2048_1920x0_80_0_0_36312622e5628b6d77264569c339a04d.jpg
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. O‘zbekistonda 2027/2028 o‘quv yilidan oliygohlarda ish beruvchi korxonalarning buyurtmalari asosida va bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashning tizimi joriy etiladi. Prezident tegishli farmonni imzoladi. Bunda dual ta’lim shakliga qabul amalga oshiriladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda OTM tomonidan belgilanadi.Dual ta’lim shakliga qabul ish beruvchi korxona buyurtmasiga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida har yili 1-oktabrga qadar amalga oshiriladi.Dual ta’lim OTM, korxona va talaba o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan tashkil etiladi. Farmonga ko‘ra, dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan talabalarga ijtimoiy stipendiya to‘lanadi. Muhandislik ishi, ishlab chiqarish va ishlov berish, arxitektura va qurilish, qishloq xo‘jaligi ta’lim sohalari bo‘yicha dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini 2-kursdan boshlab davlat granti kvotalari doirasida davom ettirish imkoniyati yaratiladi.2027 yil 1-yanvardan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash istagini bildirgan korxonalar uchun talabalarga biriktiriladigan murabbiylarni tayyorlash maxsus kurslarini tashkil etiladi.2027/2028 o‘quv yili yakunidan boshlab dual ta’lim shakli bo‘yicha OTM va buyurtmachi korxonalarning samaradorlik reytingi yuritiladi. Eng yuqori natija ko‘rsatgan 3 tadan OTM va korxonalar reytingdagi o‘rniga mos ravishda 1, 2, 3 milliard so‘mdan rag‘batlantiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260930/liygohlar-ozgarish-60852604.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
252
60
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
252
60
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
252
60
1920
1080
true
1920
1440
true
1920
1920
true
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
252
60
Sputnik O‘zbekiston
o‘zbekiston, jamiyat, ta’lim, otm
o‘zbekiston, jamiyat, ta’lim, otm
Obuna bo‘lish
Talabaning dual ta’lim shaklida tahsil olgan davri uning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi.
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. O‘zbekistonda 2027/2028 o‘quv yilidan oliygohlarda ish beruvchi korxonalarning buyurtmalari asosida va bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashning tizimi joriy etiladi. Prezident tegishli farmonni imzoladi.
Bunda dual ta’lim shakliga qabul amalga oshiriladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda OTM tomonidan belgilanadi.
Dual ta’lim shakliga qabul ish beruvchi korxona buyurtmasiga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida har yili 1-oktabrga qadar amalga oshiriladi.
Dual ta’lim OTM, korxona va talaba o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan tashkil etiladi.
Korxona zimmasiga talabaga o‘qish davri davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda oylik ish haqi to‘lash, talabaning zimmasiga bitirgandan so‘ng kamida 2-yil mazkur korxonada ishlab berish majburiyatlari yuklanadi.
Farmonga ko‘ra, dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan talabalarga ijtimoiy stipendiya to‘lanadi. Muhandislik ishi, ishlab chiqarish va ishlov berish, arxitektura va qurilish, qishloq xo‘jaligi ta’lim sohalari bo‘yicha dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini 2-kursdan boshlab davlat granti kvotalari doirasida davom ettirish imkoniyati yaratiladi.
Talabaning dual ta’lim shaklida tahsil olgan davri uning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi.
2027 yil 1-yanvardan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash istagini bildirgan korxonalar uchun talabalarga biriktiriladigan murabbiylarni tayyorlash maxsus kurslarini tashkil etiladi.
2027/2028 o‘quv yili yakunidan boshlab dual ta’lim shakli bo‘yicha OTM va buyurtmachi korxonalarning samaradorlik reytingi yuritiladi.
Eng yuqori natija ko‘rsatgan 3 tadan OTM va korxonalar reytingdagi o‘rniga mos ravishda 1, 2, 3 milliard so‘mdan rag‘batlantiriladi.
| # | Наименование новости | Тональность | Информативность | Дата публикации |
|---|---|---|---|---|
| 1 | Pedagoglarga ustama va imtiyozlar: maktab va bog‘chalarda nimalar o‘zgaradi | 0 | 5.99 | 30-09-2026 |
| 2 | Pedofillar yillar o‘tsa ham javobgarlikdan qocha olmaydi, ota-onalar mas’uliyati ham kuchayadi | 0 | 15.09 | 29-09-2026 |
| 3 | “Sobir Rahimov – O‘rtaovul” oralig‘ida yangi temiryo‘l o‘tkazgichi ochildi | 0 | 10 | 03-10-2026 |
| 4 | O‘zbekiston g‘orlari yangi sayyohlik yo‘nalishlariga aylanadi | 0 | 16.25 | 05-10-2026 |
| 5 | O‘zbekistonda Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi — tafsilotlar | 0 | 13.06 | 04-10-2026 |
| 6 | Senat Markaziy bank mustaqilligini kengaytirishni ma’qulladi | 0 | 15.56 | 02-10-2026 |
| 7 | Sun’iy intellekt xavfi: Oq uy maxsus guruh tuzdi, Mask nazorat yo‘qolishidan ogohlantirgan | 0 | 11.77 | 04-10-2026 |
| 8 | Һәр елны 5 октябрьдә бөтен дөнья буенча Укытучылар көне бәйрәм ... | 0 | 8.4 | 06-10-2026 |
| 9 | Quruq va iliq: hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi | 0 | 16.64 | 05-10-2026 |
| 10 | Fransiyada o‘quvchilar norozilik namoyishlari chog‘ida 20 tadan ortiq maktabni vayron qildi | 0 | 13.85 | 05-10-2026 |