Вход на сайт

Просмотр новости

Найдите то, что Вас интересует

Aripov YeOII bilan hamkorlikni rivojlantirishga oid qator takliflarni ilgari surdi

Дата публикации: 02-10-2026 12:45:00

O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 20 mlrd dollardan oshgan.

Основное содержимое страницы с новостью.

https://oz.sputniknews.uz/20261002/aripov-eoii-60922024.html

Aripov YeOII bilan hamkorlikni rivojlantirishga oid qator takliflarni ilgari surdi

Aripov YeOII bilan hamkorlikni rivojlantirishga oid qator takliflarni ilgari surdi

Sputnik O‘zbekiston

O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 20 mlrd dollardan oshgan. 02.10.2026, Sputnik O‘zbekiston

2026-10-02T17:45+0500

2026-10-02T17:45+0500

2026-10-02T17:45+0500

o‘zbekiston va yeoii

iqtisod

yeoii

abdulla aripov

o‘zbekiston

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/02/60921596_0:0:2964:1668_1920x0_80_0_0_1608a98372999a0a13a01ce925321518.jpg

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Minskda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) mamlakatlari bosh vazirlari ishtirokida Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kuzatuvchi davlat vakili sifatida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham qatnashdi.Aripovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning EOII mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 2026-yilning sakkiz oyida 16 foizga oshgan.O‘zbekiston bosh vaziri bu ko‘rsatkichlarning o‘sishiga sanoat, energetika, logistika, raqamli iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish tufayli erishilayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, bu sur’atni mustahkamlash muhim.Aripov YeOII bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdiYig‘ilishda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan (onlayn), Belarus bosh vaziri Aleksandr Turchin, Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Adilbek Kasimaliyev, Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin va YeIK Hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev ishtirok etdi.Kuzatuvchi maqomiga ega mamlakatlardan Eronning Belarus elchisi Muhsin Umidzamoniy, Kubaning Rossiyadagi elchisi Enrike Orta Gonsales ham qatnashdi.

https://oz.sputniknews.uz/20261002/mishustin-eoii-60920071.html

o‘zbekiston

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

2026

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

Yangiliklar

uz_UZ

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

1920

1080

true

1920

1440

true

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/02/60921596_3:0:2734:2048_1920x0_80_0_0_206b67fff638a604d9c0d177134a7be1.jpg

1920

1920

true

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

Sputnik O‘zbekiston

iqtisod, yeoii, abdulla aripov, o‘zbekiston

iqtisod, yeoii, abdulla aripov, o‘zbekiston

Obuna bo‘lish

O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 20 mlrd dollardan oshgan.

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Minskda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) mamlakatlari bosh vazirlari ishtirokida Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kuzatuvchi davlat vakili sifatida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham qatnashdi.

Aripovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning EOII mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 2026-yilning sakkiz oyida 16 foizga oshgan.

“O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi davlat maqomidagi hamkorligi tobora mazmunli tus olmoqda. Raqamlar o‘z-o‘zidan gapiradi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning birlashma mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 20 milliard AQSh dollaridan oshdi, joriy yilning sakkiz oyida esa bu ko‘rsatkich yana 16 foizga oshdi”, - dedi Aripov.

O‘zbekiston bosh vaziri bu ko‘rsatkichlarning o‘sishiga sanoat, energetika, logistika, raqamli iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish tufayli erishilayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, bu sur’atni mustahkamlash muhim.

“Joriy yilda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan uch yillik qo‘shma tadbirlar rejasini amalga oshirishni yakunlayapmiz. Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ishchi guruh yig‘ilishi yakunlarni sarhisob qilish va keyingi davr uchun yangi rejani kelishish imkonini beradi”, - deya qo‘shimcha qildi O‘zbekiston bosh vaziri.

Aripov YeOII bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi

Raqamli savdo — yagona raqamli makon va YeOIIning yagona bojxona tranziti tizimiga qo‘shilish;

Sanoat kooperatsiyasi — O‘zbekistonda loyiha ofisini tashkil etish;

"Yashil" sanoat — energiyani ko‘p talab qiladigan tarmoqlarda tajriba loyihalarini amalga oshirish va ularni "yashil" moliyalashtirish, imtiyozli kreditlar hamda davlat-xususiy sheriklik asosida qo‘llab-quvvatlash;

Mehnat migratsiyasi — milliy elektron bandlik xizmatlarini birlashtirish orqali jarayonni yanada shaffof va qulay qilish;

Turizm — "Markaziy Osiyo turizm halqasi"ni birgalikda yaratish, umumiy turistik yo‘nalishlar va turpaketlarni ishlab chiqish hamda targ‘ib qilish.

Yig‘ilishda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan (onlayn), Belarus bosh vaziri Aleksandr Turchin, Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Adilbek Kasimaliyev, Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin va YeIK Hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev ishtirok etdi.

Kuzatuvchi maqomiga ega mamlakatlardan Eronning Belarus elchisi Muhsin Umidzamoniy, Kubaning Rossiyadagi elchisi Enrike Orta Gonsales ham qatnashdi.

corner.svg

YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish

Mixail Mishustin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2026

2 Oktabr, 17:08

Схожие новости

#Наименование новостиТональностьИнформативностьДата публикации
1O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan savdosi 14,6 mlrd dollarga yetdi09.3804-10-2026
2O‘zbekiston g‘orlari yangi sayyohlik yo‘nalishlariga aylanadi016.2505-10-2026
3EOII va Vyetnam o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 10-yil ichida deyarli ikki baravar oshdi08.405-10-2026
4O‘zbekiston sanoatida qaysi tarmoq eng ko‘p mahsulot ishlab chiqarmoqda015.0902-10-2026
5O‘zbekistonda ob-havo keskin soviy boshlashi kutilmoqda031.4302-10-2026
6O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 84,1 mlrd dollarga yetdi015.401-10-2026
7O‘zbekistonda o‘tkazuvchanlik quvvatini oshirish uchun yangi magistral gaz quvurlari quriladi07.7906-10-2026
8Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston boks, dzudo va taekvondoda oltin medalga ega chiqdi011.4302-10-2026
950 foiz ustama, 200 mln so‘mgacha mukofot va imtiyozlar — texnikumlarda bo‘ladigan o‘zgarishlar014.5930-09-2026
10O‘zaro savdo o‘sdi, sanoat infratuzilmasi yaratilmoqda: Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi haqida02006-10-2026

Классификация: Экономика. Схожих патентов: 0. Схожих новостей: 10. Тональность: 0. Информативность: 12.14. Источник: oz.sputniknews-uz.com.